1

IIBB besoqolbozlik bilan bog`liq qotillik haqida ma`lumot berdi

Jinoyat 15.09.2019, 21:53
IIBB besoqolbozlik bilan bog`liq qotillik haqida ma`lumot berdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi 25 yoshli fuqaro Sh.X. o`limi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi. Norasmiy xabarlarga ko`ra, ushbu qotillik besoqolbozlik bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

IIBB xabariga ko`ra, qotil O.Yu. ushlangan va aybini tan olgan. U Olmazor tumanida yashovchi 28 yoshli fuqaroligi aytilgan.

Uning ko`rsatmalariga ko`ra, ikkovi «Vkontakte» tarmog`i orqali tanishishgan, keyinroq, 11 sentyabrda esa O.Yu. Yunusobod tumanidagi Sh.X.ning ijara xonadoniga mehmonga borgan. O`sha paytda ikkalasi janjallashgan, sababi noma`lum. Natijada O.Yu. pichoq bilan Sh.X. bir necha joyiga zarba bergan.

Ertasi kuni qo`shni xonadon egasi eshikda qon dog`larini ko`rgan va uy egasiga telefon qilgan. Uy egasi ichkarida murdani ko`rgach, 102ga qo`ng`iroq qilgan.

IIBB xabariga ko`ra, ko`rik paytida xonadonda yaqinda bo`lib o`tgan intim munosabatlarni isbotlovchi dalillar aniqlangan. Jinoiy ish qo`zg`atilgan. Gumondor, xabarda aytilishicha, «ogoh taksichi» yordamida topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1