Qozog`istonning g`arbida engil avtomobil haydovchisi bir guruh kollej o`quvchilari ustiga bostirib borgan. Bu haqda «Sputnik» nashri axborotiga tayanib xabar.uz ma`lum qildi.
Voqea Xromtau shahrida yuz bergan. Dastbalki ma`lumotlarga ko`ra, 20 yoshli haydovchi avtoturargohdan chiqayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetidagi odamlar ustiga bostirib borgan.
Halokat oqibatida 10 o`quvchi jabrlangan. Ularning barchasi Xromtau tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Aniqlanishicha, jabrlanganlar Xromtau tog` texnika kolleji o`quvchilari hisoblanishadi.
Hozir polisiya sudgacha tergov harakatlarini boshlab yuborgan.






