AsosiyDunyo

Er yuzidagi daraxtlar soni hisoblab chiqildi

'Er yuzidagi daraxtlar soni hisoblab chiqildi'ning rasmi

AQShning El universiteti olimlari 2015-yil holatiga Er yuzidagi daraxtlar sonini hisoblab chiqdi va uni videolavhada tasvirladi.

2015-yilda Erda 3,04 trillion daraxt o`sayotganligi aniqlangan. Shu tariqa, bir kishiga 408 ta daraxt to`g`ri keladi. Bu 2009-yilda sun`iy yo`ldoshdan olingan suratlar asosidagi ma`lumotlardagidan 7,1 marta ko`p demakdir. O`shanda tadqiqotchilar 400 milliard daraxtni hisoblagan.

Daraxtlar eng ko`p Rossiya (642 milliard), Kanada (318 milliard), Braziliya (318 milliard), AQSh (228 milliard) va Xitoy (140 milliard)da o`sadi.

Insoniyat har yili 15 milliard daraxtni kesadi, biroq shu vaqt ichida 5 milliard daraxt o`sib chiqadi. Sof zarar 10 milliard daraxt deb hisoblansa, daraxtlarning dunyodagi zaxirasi 2300-yilga kelib tugaydi.

    Boshqa yangiliklar