AsosiyDunyo

Tan soqchi Maykl Jeksonning o`limi sirini fosh etdi

'Tan soqchi Maykl Jeksonning o`limi sirini fosh etdi'ning rasmi

Maykl Jeksonning sobiq tan soqchisi Mett Fidds jurnalistlarga pop qiroli o`limi sababini ma`lum qildi. Hozirgi kunda jang san`ati maktabi egasining so`zlariga ko`ra, 2005 yilgi sud pop-yulduzi salomatligini ado qilgan. Bu haqda «RAMBLER» xabar bergan.

Fidds Jekson haqidagi yangi hujjatli film namoyishi bo`yicha intervyu berdi. Uning aytishicha, qo`shiqchi pedofillikda ayblanganidan qattiq qayg`urgan. Sud uni aybsiz deb e`lon qilganiga qaramay, «jarohat etkazib bo`lingandi».

Hukmdan so`ng Maykl Jeksonning avvalgi holatiga qaytolmasligi ma`lum bo`ldi, — deydi Fidds.

U qo`shiqchi oxirgi yillarda tirik murdani eslatgani, ovqatlanishga va uxlashga qiynalganini ham qo`shib qo`ydi.

Fiddsning ta`kidlashicha, u Maykl Jekson haqida barini biladigan kimsalardan biri. Uning aytishicha, qo`shiqchi ta`qib vasvasasidan qiynalgan va konsert berayotganida uni o`ldirib qo`yishlaridan xavfsiragan.

    Boshqa yangiliklar