AsosiyDunyo

Afg`onistonda elektr uzatish ustunlari portlatildi

'Afg`onistonda elektr uzatish ustunlari portlatildi'ning rasmi

Afg`oniston shimolidagi Bog`lon viloyatida joylashgan elektr uzatish tarmoq ustunlarida yuz bergan terakt oqibatida mamlakatning 11 viloyati elektr ta`minoti tizimida uzilish yuz berdi, deya xabar bermoqda ToloNews.

De Afghanistan Breshna Sherkat energetika kompaniyasi bayonotiga ko`ra, O`zbekistondan elektr quvvatini import qiladigan ikkita tarmoq ustuni yakshanba kuni jangarilar tomonidan portlatib, ag`darilgan.

Afg`onistonda elektr uzatish tarmoqlari (tarmoq ustunlari) portlatilgani haqida bizga Afg`onistondagi xaridorlardan hech qanday ma`lumot yoki xabar kelib tushgani yo`q. Mavjud shartnoma asosida Afg`onistonga uzilishlarsiz elektr energiyasi etkazilib bermoqda (bir sutkada taxminan 1,5 million KVt/soat).
Elektr uzatish tarmoqlari, ya`ni havo liniyalarining tayanch ustunlariga etkazilgan zararni, ularni ta`mirlash ishlarini har bir mamlakat o`z hududida o`zi amalga oshiradi.
Ayrim sabablarga ko`ra ta`minoti uzilgan elektr tarmog`i, taxminimizcha, Afg`oniston iste`molchilari Tojikistondan xarid qiladigan havo liniyalarida sodir bo`lgan bo`lishi mumkin. Agar ushbu taxmin to`g`ri bo`lsa, tojikistonlik va afg`onistonlik mutaxassislar ta`mirlash ishlarini qachon va qay tartibda amalga oshirishidan bexabarmiz.

O`zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar