AsosiyDunyo

Neft narxlari keskin ko`tarildi

'Neft narxlari keskin ko`tarildi 'ning rasmi

Saudiya Aarbistoni neft qazib olish hajmini kamaytirishi tufayli neft narxi 10 foiz qimmatlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Gap shundaki, bugun ertalab Brent markali neft narxi 9,96 foiz oshib, 1 barreli 66,22 AQSh dollarini, WTI markalisi 8,61 foiz ko`tarilib, 59,22 dollarga etgan.

Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon tomonidan qabul qilingan qarorga ko`ra, mamlakatda bir kunlik neft qazib olish hajmi o`rtacha 50 foiz kamaytirilgan. Buning natijasida etan va boshqa tabiiy gaz qazib olish miqdori ham ellik foiz pasaygan.

Xususan, bu erdagi “Bikayk” va “Xirays” nomli eng yirik “qora oltin“ konlarida qazib olish vaqtincha to`xtatilgan. Ushbu vaqt davomida buyurtmachilarga neft zaxira omborxonalaridan etkazib beriladi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan shanba kuni tong soat 04:00 da Saudi Aramco milliy neft kompaniyasiga tegishli bir necha yirik neft qazib olish konlariga dronlar hujum qilgani haqida xabarlar paydo bo`lgan edi. OAVlar xabariga ko`ra, ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Yaman muxolifatchilari o`z zimmasiga olgan.

    Boshqa yangiliklar