Hindistonning Sagar shahrida Shyam Lal Yadav ismli erkakning uzunligi 4 dyuym (10,2 santimetr) keladigan shoxi kesib tashlandi. Bu haqda «Lenta» «Mirror Online»ga tayanib xabar bergan.
74 yoshli fermerning boshidagi o`simta u boshiga zarba olgandan keyin besh yil o`tib paydo bo`lgan. U boshidan qanday jarohat olgani noma`lum. Dastlab qariya g`uddasimon o`simtaga e`tibor bermagan va sartaroshga uni biryoqli qilishni tayinlagan. Keyinroq uning o`zi shoxni kesib tashlashga uringan, lekin shox o`sishda davom etgan.
O`simtani bosh kiyim orasiga yashirish imkonsiz bo`lib qolganida qariya shifoxonaga murojaat qilgan. Shifokorlar erkakda shox o`sib chiqayotganini tasdiqlashgan. U odamning soch yoki tirnog`i kabi keratindan iborat. Neyroxirurglar tomonidan o`simta operasiya qilib arralab tashlandi. O`tkazilgan biopsiyaga ko`ra, u xavfsiz o`sma bo`lgan.
Shifokorlarning taxminicha, erkakning bosh suyagidan shox yana o`sib chiqishi mumkin. Ular bu noyob kasallik ekanini aytishmoqda. Suyak o`sishining sabablaridan biri quyosh nuri ta`siri bo`lishi mumkin.