Hindistonning Jammu va Kashmir shtati polisiyasida ikkita ayollar bataloni tuziladi.
Mahalliy polisiya ma`lumotiga tayanib berilgan “NDTV” nashri xabariga ko`ra, polisiya boshqarmasi 1350 nafar ayol xizmatchini ishga oladi.
Yangi xizmatchilarning 60 foizga yaqini chegara hududga joylashtiriladi. Avvalroq hukumat kashmirlik yoshlar uchun qurolli kuchlar tizimida bir yarim mingga yaqin ish o`rni yaratishi haqida ma`lum qilgandi.