Yaponiyalik rassom Norixito Xatanaki mamlakatdagi ko`plab zargarlik buyumlari sotiladigan do`konlarga o`ziga hos buyumlarni tayyorlab berish bilan shug`ullangan. Kunlarning birida u antiqa “mazali zargarlik buyumlari”ni yaratish g`oyasini amalga oshiradi, natijada atiqa, go`zal va shu bilan birga o`ziga hos zargarlik buyumlari paydo bo`ladi. Ayni damda uning ishlari buyurtma asosida amalga oshiriladi. Garchi narxi birmuncha qimmat bo`lsa-da, u yaratgan har qanday zargarlik buyumi o`z egasini topadi. Ular bir ko`rishda haqiqiydek tuyuladi, rassomning bor san`ati ham ana shu mahoratida, desak mubolag`a bo`lmaydi.





