AsosiyShou-biznes

“Stiv Djobs”ga Keyt Uinslet chaqirildi

Denni Boylning “Stiv Jobs” filmida bosh ayol rolini Keyt Uinslet o`ynashi mumkin. Aktrisa prodyuser bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Shuningdek, loyihada Applening sobiq prezidentini jonlantirishni istayotgan Jeff Deniels ham ko`rib chiqilmoqda, biroq hali u taklif olgani yo`q.

Ushbu filmda qaysi ayol roli asosiysi ekanligi haligacha aniq aytilgani yo`q. Natali Portman hamda Keyin Uinsletlar yoshlari o`rtasidagi farqqa qaraladigan bo`lsa, Portman Jobsning qizini, Uinslet esa turmush o`rtog`ini jonlantiradi.

Film Uolter Ayzekson yozgan Jobs biografiyasiga asoslangan bo`lib, uni kitob holiga Aaron Sorkin keltirgan. Loyiha prodyuseri Skott Rudin avvaliga Sony bilan hamkorlik qilmoqchi bo`ldi, natijada esa loyiha Universalga nasib etdi.

Kartinada bosh rolni Maykl Fassbender o`ynaydi.

    Boshqa yangiliklar