1

Idoralararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi

Jinoyat 20.09.2019, 19:17
Idoralararo komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida joriy yilning 19 sentyabr kuni Bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko`rib chiqish bo`yicha Respublika idoralararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda komissiya va ishchi guruh a`zolari qatnashdi.

Yig`ilishda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etishni so`rab taqdim etgan murojaatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 yildagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi PF-5542-sonli Farmoni talablari asosida ko`rib chiqildi.

Yig`ilish yakuniga ko`ra, Komissiya 5 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida xulosa qildi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 5 nafar fuqarolarni O`zbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish, shu jumladan, ularning bandligini ta`minlashga ko`maklashishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Bugungi kunda ushbu masala bo`yicha kelib tushgan yana 6 ta murojaatlar ishchi guruh tomonidan o`rganilmoqda.

Yig`ilishda komissiya va ishchi guruh a`zolarining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi.

Jumladan, Farmon talablarini aholiga etkazish bo`yicha targ`ibot ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1