1

OAV xodimlari O`zbekistonning bu yilgi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlab beradi

Sport 22.12.2014, 18:10
OAV xodimlari O`zbekistonning bu yilgi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlab beradi

O`zbekiston futbol federasiyasi 2014 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo`yicha Respublika bo`ylab so`rovnoma boshlanganini e`lon qiladi, deya yozmoqda uz24.uz nashri.

So`rovnomada O`zbekiston va chet eldagi ommaviy axborot vositalarida ishlaydigan jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlari ishtirok etishlari mumkin. Texnik xodimlar (rejissyor, operator va hk.) ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, futbol klublari va terma jamoalarning matbuot kotiblari ham ovoz berish jarayonida qatnashmaydi.

Futbol klublarining matbuot xizmati ham ovoz berish huquqiga ega. Bunda matbuot xizmati xodimlar sonidan qat`iy nazar, bitta ovozga ega bo`ladi va unda shaxs nomi emas, klub matbuot xizmati ovoz egasi sifatida ko`rsatiladi. Klub matbuot xizmatida ishlaydigan xodim boshqa OAV nomidan ovoz bera olmaydi.

Har bir jurnalist 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo`yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o`rinlarga qo`yib chiqadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominasiya hisoblanib) umumiy ballar yig`indisiga qarab aniqlanadi.

Ishtirokchi O`zbekiston terma jamoasida o`ynaydigan, shuningdek, xorijda to`p surayotgan o`zbekistonlik legionerlar va O`zbekistonning futbol klublarida o`ynaydigan o`zbekistonlik futbolchilarga, O`zbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan o`zbekistonlik  murabbiylarga ovoz berishi mumkin. O`zbekiston ligasida o`ynaydigan o`zbekistonlik bo`lmagan xorijlik legionerlar so`rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Ovoz berish jarayoni 2015 yilning 10 yanvariga qadar davom etadi. To`liq ma`lumotlarni O`FF Matbuot xizmatidan olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1