1

Terri Anri: Nega «Oltin to`p»ga nomzodlar orasida Myuller yo`q?

Sport 23.12.2014, 08:37
Terri Anri: Nega «Oltin to`p»ga nomzodlar orasida Myuller yo`q?

Fransiya terma jamoasi va "Arsenal" klubi sobiq sardori Terri Anri Germaniya termasi va "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tomas Myullerning "Oltin to`p"ga nomzodlar orasida yo`qligidan hayron qolgani haqida gapirib o`tdi.
Shu bilan birga yaqinda faoliyatini yakunlagan fransiyalik futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularni ham maqtab o`tdi.
"Tomas Myullerning "Oltin to`p"ga nomzodlar orasida yo`qligidan hayron qoldim. Messi va Krishtianu Ronaldular - misli ko`rilmagan futbolchilar sanalishadi. Ular qilayotgan ishlarni inson bolasi qila olmaydi.
Noyer ham uchlikka kirishga haqli. Ammo, nega biz Tomas Myuller haqida gapirmaymiz?

Men unga ovoz bergan bo`lardim. To`g`ri, u Messi va Ronaldudek emas, ammo unda allaqachon Jahon chempionatlarida kiritilgan 13-14ta gol bor va u jahon chempioni. Nega u ro`yxatda yo`q?", - deydi goal.com nashri Anri so`zlarini keltirib.

Manba: www.sport-express.ru   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1