1

O`zbekiston - Iordaniya: Infografika

Sport 23.12.2014, 08:39
O`zbekiston - Iordaniya: Infografika

Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi 21 dekabr kuni Dubay shahrida Iordaniya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazishidan xabaringiz bor.

Mirjalol Qosimov milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida shu kungacha Iordaniyaga qarshi uch marotaba uchrashuv o`tkazgan bo`lsa, ulardan birida durang, birida g`alaba qayd etilgan. Yana bir uchrashuvda esa, yodingizda bo`lsa, Toshkentda bo`lib o`tgan JCh-2014 saralash pley-off uchrashuvida penaltilar seriyasida Iordaniya terma jamoasi g`alaba qozongan.

O`zbekiston milliy terma jamoasi shu kungacha Iordaniyaga qarshi jami 10ta uchrashuv o`tkazgan: 4ta g`alaba, 5ta durang va 1 mag`lubiyat. To`plar nisbati esa O`zbekiston foydasiga - 16:11.

21 dekabr kuni bo`lib o`tadigan uchrashuv terma jamoalarning o`zaro 11-to`qnashuvi bo`ladi. Har ikkala jamoa ham ayni paytda Osiyo Kubogiga tayyorgarlik olib bormoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyadan tashqari 25 va 28 dekabr kunlari BAAning Sharja shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Dubaydagi yig`inga jo`nab ketish oldidan o`z intervyusida Osiyo Kubogi bahslarida terma jamoa sovrinli o`rinlardan birini egallashni maqsad qilganini aytib o`tgan.

manba: the-uff.com

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1