Ekspertlar qon guruhi inson umri davomiyligiga ta`sir ko`rsatishini ma`lum qilishdi. Bu qonning antitanacha, antigen va eritrositlar to`plami xavfli kasalliklarga moyilligini ifodalashi bilan bog`liq, deya xabar beradi «sterlegrad.ru».
O`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, mutaxassislar 1-qon guruhi vakillari eng uzoq umr ko`rishini aniqlashdi. Aynan ular ko`pgina kasalliklarga chidamli bo`lishadi. 2-qon guruhidagilar esa qandli diabet, infeksion va virusli kasalliklarga moyildirlar. Bundan tashqari, ular stress va surunkali charchoq sindromiga duchor bo`lishadi.
3-qon guruhi egalari orasida uzoq umr ko`ruvchilar kamroq. Ular angina, otit bilan ko`p kasallanishadi. Onkologik xastaliklar esa kam kuzatiladi. Bordi-yu, uchragan taqdirda ham, ko`pincha oshqozon-ichak yo`li saratoniga mubtalo bo`lishadi. Salomatlik bobida 4-qon guruhi vakillarining omadi chopmagan ko`rinadi. Ular ko`pincha infeksion kasalliklarga ko`p chalinishadi va yurak nuqsoni xavfi yuqori turadi.
Shu o`rinda yana bir bor yodga solamiz: sog`likda muammo kelib chiqqanda o`zboshimchalik bilan davolanmang. Eng avvalo, shifokorga murojaat eting.