O`zbek shou-biznesiga o`ziga xos ko`rinish bilan kirib kelgan Kaniza bu safar ham muxlislarini hayron qoldirish niyatida. Quyidagi fotosuratlar ko`pchilikning munozarali fikrlariga sabab bo`ldi.
Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali keng tarqalgan bu suratlarga muxlislar turlicha izohlar bildirishdi. Kanizaning asl muxlislari "Bu - o`ziga xos imidj" deya sevimli xonandalarini qo`llab-quvvatlagan bo`lsa, ba`zilar esa buni yoqlashmadi.
"Hiylalarim" nomli tarona uchun suratga olingan klipda Kanizani 11 xil kutilmagan va umuman o`zgacha qiyofalarda ko`rish mumkin, deya xabar qildi popcorn.uz.





















