Britaniyalik sobiq marafonchi Ron Xill (Ron Hill) 50 yil davomida har kuni bir mil, ya`ni 1.6 kilometr yugurib kelgan, deya xabar qilmoqda BBC News. U 1964 yil 20 dekabrda chopishni boshlagan. Joriy yilning 20 dekabr kuni 76 yoshli sportchi Manchesterda o`tkazilgan 5 kilometrga chopish bo`yicha musobaqada ishtirok etdi.
“Bir odatga qanchalik o`rgansangiz, uni bajarish shunchalik oson bo`ladi. Hammaga shunchaki yugurishni boshlashni maslahat beraman va besh daqiqadan keyin ritm his qilasiz, balki bu sizga yoqib qolar”, - deydi Xill chopishdan keyin.
50 yil davomida Ron 160 ming mil, ya`ni 270 ming kilometrni bosib o`tgan.
Ron Xill Boston marafonida g`olib chiqqan birinchi britanlik yugiruvchiga aylangan. Bundan tashqari u uch marta Olimpiya o`yinlarida ishtirok etgan, shuningdek 1970 yili g`alaba qilgan.





