Farg`ona shahrida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida Byuroning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirdasex rahbari K.Isakov sexga o`rnatilgan STG 80/400 rusumli zavod raqami 04231 bo`lgan elektron gazni hisobga olish priborining bir martalik muhrni buzmasdan turib, qanday qilib gaz bosimini kamaytirish yo`lini topgan.
Gaz bosimini hisobga oluvchi bosim ko`rsatkich asbobiga tashqi ta`sir ko`rsatib, belgilangan koeffisent hisoblamasdan real iste`mol qilinganga nisbatan gaz hajmini kamroq iste`mol qilinayotganini ko`rsatilishiga erishgan.
Biroq, K.Isakovning bu kabi noqonuniy harakatlari o`zi uchun juda qimmatga tushdi, oz emas, ko`p emas davlatga manfaatlariga 117 mln.748,8 ming so`mlik moddiy zarar etkazganligi aniqlangan.
Qonunbuzar K.Isakovga O`zbekiston Respublikasi JKning1852-moddasi talablari mazmun-mohiyati tushuntirilib, jinoiy javobgarlikka tortilmasligi uchun unda bir oylik muddat mavjudligi ma`lum qilingach, tabiiyki sudning qora kursida o`tirishni istamagan K.Isakov davlatga 117 mln. 748,8 ming so`mni sanab topshirdi.
Shu bilan birgalikda, K.Isakov bilan o`tkazilgan suhbat jarayonida tabiiy gazning er qa`ridan qazib olinib to unga tayyor mahsulot sifatida etib kelguniga qadarli bo`lgan benihoya og`ir jarayonlar haqida ma`lumot berilgach, u kelgusida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga umuman yo`l qo`ymasligi haqida va`da berdi. Umid qilamizki, bu qilmishi unga saboq bo`ldi.