1

Madeyra orolida Ronalduga atab haykal o`rnatildi

Sport 23.12.2014, 15:12
Madeyra orolida Ronalduga atab haykal o`rnatildi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga atab o`zi tug`ilgan Madeyra orolida haykal o`rnatildi. Uning balandligi 2,4 metrni tashkil etadi. Haykalning ochilish marosimida futbolchining shaxsan o`zi ham ishtirok etdi. Bu haqda Sports.uz'ga asoslanib, Uz24 xabar berdi.

- Ushbu tantanada ishtirok etish – men uchun sharaf. Ammo rostini aytishim lozim, o`zim aslida tirik insonlarga haykal qo`yilishini unchalik xushlamayman. Shunday bo`lsa-da, hozir faxr tuyg`usini his etyapman, - dedi u.

Ta`kidlab o`tamiz, mazkur orolda futbolchining muzeyi ham ochilgan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1