AsosiyJinoyat

Avtobus haydovchisi o`rindig`i ostiga nimalar yashirilgan edi?

'Avtobus haydovchisi o`rindig`i ostiga nimalar yashirilgan edi?'ning rasmi

Bojxona xodimlari respublikamizga sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirilishi holatlariga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Jumladan, “Daut-ata” chegara bojxona postiga kirib kelgan “Setra” rusumli yulovchi tashish avtobusi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, haydovchi fuqaro N.A. avtobusning xufiya joylariga umumiy qiymati 31,2 million so`mlik, 738 dona parfyumeriya mahsulotlarini yashirgan holda mamlakatimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar