AsosiyJinoyat

Qidiruvdagi shaxs topilib, unga chora ko`rildi

'Qidiruvdagi shaxs topilib, unga chora ko`rildi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Zarbdor tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, fuqaro I.Xo`jamqulov bir nafar farzandi uchun fuqaro M.Almatova foydasiga aliment to`lashi belgilangan.

Ammo, qarzdor aliment pullarini o`z vaqtida to`lamadi. Boz ustiga qarzdor yashash joyidan noma`lum joyga ketib qoldi. I.Xo`jamqulovga nisbatan qidiruv e`lon qilinib, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida topildi va Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo`limiga keltirildi.

Qarzdor I.Xo`jamqulovning alimentdan bo`lgan qarzdorligi 24 million so`mdan oshib ketgan. Shunga ko`ra, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda qarzdorga nisbatan sud tomonidan ma`muriy ish ko`rib chiqildi.

Sud I.Xo`jamqulovga O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 474-moddasining 1-qismida (voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan, deb topdi va unga shu modda bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar