1

Rasman. «Bunyodkor» Shaker Zuagi bilan shartnoma imzoladi

Sport 24.12.2014, 08:59
Rasman. «Bunyodkor» Shaker Zuagi bilan shartnoma imzoladi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi tunislik yarim himoyachi Shaker Zuagini o`z safiga qo`shib oldi.
Ortda qolgan mavsumni “Olmaliq” klubida o`tkazgan yarim himoyachi muxlisu mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirdi. U chempionat doirasida 22ta o`yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to`rt bor aniq ishg`ol qildi.
Kuni kecha tunislik yarim himoyachi Shaker Zuagini “Bunyodkor” vakiliga aylandi va u yangi mavsumga “qaldirg`ochlar” bilan tayyorgarlik ko`rmoqda.
E`tiboringizga “Bunyodkor”ning yangi a`zosi haqida ma`lumot berib o`tamiz.
To`liq ismi: Shaker Zuagi
Tug`ilgan sanasi: 10.01.1985
Tug`ilgan joyi: Bedja, Tunis
Fuqaroligi: Tunis
Ampluasi: Yarim himoyachi
Bo`yi: 190 sm
Vazni: 82 kg

Tunis milliy terma jamoasi safida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.
ERIShGAN YuTUQLARI:
Afrika klublar o`rtasidagi kubogi sohibi (2003)
Tunis kubogi sohibi (2005)
Rossiya kubogi sohibi (2007)
Rossiya super kubogi sohibi (2008)
Tunis chempioni (2012)
Tunis vise-chempioni (2013)

Manba: www.fcbunyodkor.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1