Qozog`istonning Olma-ota viloyatidiga Bestobe qishlog`ida 14 yoshli qiz telefonini quvvatlashga qo`yib uxladi va ertalab vafot etgan holatda topildi. Dastlabki tahminlarga ko`ra qiz tok urishidan vafot etgan.
Ushbu voqea 28 sentyabrga o`tar kechasi ro`y bergan. Hozircha telefon qaysi brendga oid ekani xabar qilinmagan. Qizning vafoti haqida polisiyaga uning ota-onasi xabar bergan.
Bo`lib o`tgan holat baxtsiz hodisa sifatida qabul qilingan. Ayni vaqtda vaziyatga oydinlik kiritish uchun surishtiruv ishlari davom etmoqda. Eslatib o`tamiz, o`tgan yili Malayziyada o`smir telefonini quvvatlashga qo`ygan va naushnikni ulab, qo`shiq eshitmoqchi bo`lgan. U ertalab tok urishidan vafot etgan holatda topilgan edi.
29.09.2019 22:50