1

Mashxur futbolchi David Luis braziliyalik muxlisining orzusini amalga oshirdi (video)

Sport 24.12.2014, 14:18
Mashxur futbolchi David Luis braziliyalik muxlisining orzusini amalga oshirdi (video)

Braziliya televideniesida efirga berilayotgan jonli tarzdagi teleshoularning birida antiqa hodisa yuz berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Yangi yilga bag`ishlangan ushbu teleshouda ishtirok etgan bir bolakay hayotidagi eng katta orzusi futbolchi David Luis bilan uchrashish ekanini, kelajakda  xuddi unga o`xshagan futbolchi bo`lish istagida ekani va agarda uni ko`rib qolsa, uni bir marta bo`lsa-da quchog`iga bosishini istashini aytgan.

Shundan so`ng kutilmaganda, bolakayning ko`zlarini bog`lashgan. Bir necha daqiqadan so`ng ko`zlaridagi tasma echilgan bolakayning qarshisida uning orzuidagi insoni, futbolchi David Luis paydo bo`lgan. Ularning ta`sirli uchrashuvi videotasmalarga olinib, internet nashrlari orqali butun dunyoga havola etilgan. Uchrashuv chog`ida xatto futbolchining o`zi ham o`zini ko`z yoshdan to`xtata olmagan.

Teleshou tashkilotchilarining iltimoslariga ko`ngan va bolakayning orzusining ushalishi uchun tashrif buyurgan David Luisga barcha o`z minnatdorchiligini bildirgan. Bu haqda day.az nashri xabar beradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1