1

Rossiyada O`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tadi

Madaniyat 30.09.2019, 18:17
Rossiyada O`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tadi

Joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari Moskva va Qozon shaharlarida Rossiyada O`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tadi.

Tadbirlar “O`zbekkino” Milliy agentligi, Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi va O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan o`tkazilmoqda.

Kino kunlarini o`tkazishdan asosiy maqsad Rossiyada o`zbek kinematografiyasini ommalashtirish, mamlakatlar, tarixan yaqin xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqalarni yaxshilash va mamlakatlar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.

1 oktyabr kuni Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasida Rossiyada O`zbek kinosi kunlarining ochilish marosimi bo`lib o`tadi, unga Rossiya madaniyat vazirligi rahbarlari, taniqli kino ijodkorlari taklif etildi.

«Kino kunlari doirasida biz “O`zbekkino” va Rossiyaning yirik kinokompaniyalari o`rtasida qo`shma kino loyihalarini tashkil etish bo`yicha qator memorandumlar imzolashni rejalashtirmoqdamiz, turli yillarda yaratilgan va ayni paytda Rossiyaning “Gosfilmofond”ida saqlanayotgan o`zbek filmlarini qaytarish bo`yicha muzokaralar olib boramiz, – deydi O`zbekiston delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

«Mamlakatimiz uchun bo`lg`usi kinokadrlarni shakllantirishning muhimligini anglagan holda O`zbekiston delegasiyasi tarkibiga bir guruh iqtidorli yoshlar ham kiritildi. Ular uchun Rossiya davlat kinematografiya instituti, “Mosfilm”ga tashriflardan tashqari Rossiya kino san`atining ko`zga ko`ringan ustalari ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar o`tkazamiz», – dedi “O`zbekkino” rahbari.

Rossiyada O`zbek kinosi kunlari O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan uchrashuvi yakunlari bo`yicha iqtisodiyotimizning ko`plab sohalarida do`stlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilingan chora-tadbirlari doirasida o`tkazilmoqda.

Shunday ekan, mazkur haftalik Rossiyada yashovchi o`zbek kinosi muxlislari va o`zbek diasporasi vakillariga katta ekranda yangi o`zbek kinolarini tomosha qilish, ularning ijodkorlari bilan suhbatlashish, o`zbek kinosi yo`nalishlari bilan tanishish imkonini beradi. Dastur so`nggi yillardagi eng yaxshi professional badiiy va hujjatli filmlarni o`z ichiga oladi.

O`zbek kinosi kunlari doirasida namoyish etiladigan kartinalardan rejissyor Umid Hamdamovning “Issiq non” kinosi Anapa shahrida bo`lib o`tgan «Kinoshok» festivalining bosh sovrinini qo`lga kiritgan. 21 sentyabr kuni O`zbekiston milliy kino qo`mitasi mazkur filmni Oskar mukofotiga nomzod sifatida rasman e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1