AsosiyShou-biznes

​Munisa Rizaeva 700 dollar muhokamalariga javob berdi

'​Munisa Rizaeva 700 dollar muhokamalariga javob berdi'ning rasmi

Xonanda Munisa Rizaeva o`zining Instagram’dagi sahifasida to`y va marosimlardagi «birrov» xizmati narxi muhokamalarga sabab bo`lgani uchun ushbu fikrlarga o`zining munosabatini bildirib o`tdi.

Munisa Rizaevaning ta`kidlashicha, u «birrov» xizmati uchun oladigan 700 dollar puldan bir oyda 150 ga yaqin insonlar
foyda ko`radi.
Munisa Rizaeva, xonanda:
- Bugungi kunda aholi har bir mansabdor, mashhur, e`tiborga tushgan insonlarni hatto xarajatigacha kuzatmoqda. Xonandalar ham har doimgidek toshlar ostida. Men Munisa Rizaeva 4 ta qo`shiq ijro etsam-da, mening jamoamdagi insonlar-chi? Har biri o`z ishining ustasi, shuning uchun ham ularning mehnatlarini qoplab bera olishim zarur. Mening ijodimdan umumiy bir oyda 150 ga yaqin insonlar foyda ko`radi. Men 700 dollarning hammasini o`zim uchun olmayman! Nafaqat men bugungi shou-biznes buni talab qilgani uchun estradamizning barcha vakillarida shunday. Xulosa o`zingizdan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar