Rekvizit so`zi teatr, kino, filmlarni suratga olishda foydalaniladigan narsalar, anjomlar demakdir. Gollivudda har yili bir necha minglab filmlar suratga olinadi. Shunday filmlarning suratga olish maydonlarida so`zsiz rikvizitlardan foydalaniladi. Ularni esa albatta, mahsus ana shunday omborxonalardan olib ishlatishadi. Aytish lozimki, bunday rekvizit omborlari bir nechta. Filmni suratga olayotgan ijodkor o`zi istagan anjomni, kelishilgan narxda, kelishilgan fursatga ijaraga olishi va foydalanishi mumkin. Bu omborda oziq-ovqat ko`rinishidagi, biroq iste`mol qilib bo`lmaydigan barcha taomlar, erimaydigan muzqaymoqlar, otmaydigan miltiqlar, yorilmaydigan to`p va sharlar, harbiylarga tegishli bo`lgan anjomlar va xokazolarni osongina topish mumkin. Ha aytgancha, omborxonada adashib qolmasangiz bo`lgani.





