Amerikalik mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio mamlakat prezidenti Donald Trampni iqlim o`zgarishiga qarshi harakatsizlikda aybladi. Bu haqda MSNBC telekanali xabar berdi.
Leonardo bu so`zlarni Global tinchlik festivalida aytib o`tgan.
Aktyorning aytishicha, AQSh liderlari iqlim o`zgarishi bo`yicha Parij kelishuvidan so`ng o`z va`dalarini bajarganlari yo`q. Bu ketishda yo biz natijaga erishamiz yoki inqiroz bilan yuzlashamiz, dedi aktyor.






