Sheffild universitetining sanoat dizayni fakulteti talabasi ko`zi ojizlarga mo`ljallangan “Shikun Sun” deb nomlanuvchi smartfon konseptini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda uz24.uz.
Qurilmada Brayl harflaridan foydalaniladi. Uning yordamida qo`ng`iroq qilish, xabar jo`natish, messenjer, ilovalardan foydalanish va musiqa tinglash mumkin.
Telefon ikkita qismdan iborat. Birinchi qismi klaviatura bo`lib, unda 35 qatorli Brayl alifbosi joylashgan. Ikkinchi qismi esa sensorli ekrandan tashkil topgan va ekrandagi menyuga turtib chiqqan belgilar joylashtirilgan. Foydalanuvchi menyudagi yorliqchalarni barmog`i yordamida o`ziga moslab joylashtirishi mumkin.
Zamonaviy 3D ekran orqali smartfon grafik ma`lumotlarni barmoq yordamida sezish hamda matnlarni Brayl shriftiga aylantirib, o`qish imkonini beradi.
Foydalanuvchi batareya quvvati qancha qolganini yon tomondagi beshta nuqtani paypaslab bilishi mumkin, bunda quvvat ozayishi bittadan nuqtaning yo`qolishi bilan belgilanadi.





