AsosiyDunyo

​Forbes AQShning eng boy odamlari ro`yxatini e`lon qildi

'​Forbes AQShning eng boy odamlari ro`yxatini e`lon qildi'ning rasmi

Forbes jurnali har yili e`lon qiladigan AQShning eng boy odamlari ro`yxatini e`lon qildi. Ularning umumiy boyligi 2,96 trillion dollarni tashkil qildi, bu esa o`tgan yilgidan 2,2 foizga ko`pdir. Shu bilan birga ularning o`rtacha boyligi 7,4 milliard dollarga ortgan.

Reytingdagi birinchi o`rinni ajrimi sabab bir necha milliard yo`qotganiga qaramay Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Hozirda uning boyligi 114 milliard dollarga baholanmoqda. Ikkinchi o`rindag 106 milliard dollar bilan Bill Geyts egalladi, uchlikni esa Uorren Baffet (80,8 milliard dollar) yopib berdi. 2019 yilda ro`yxatga kirish chegarasi 2,1 milliard dollarni tashkil qildi.

Shuningdek beshlikka Facebook assochisi Mark Sukerberg (69,6 milliard dollar) hamda Oracle dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchilar kengashi rahbari Larri Ellison (65 milliard dollar) kirgan.

    Boshqa yangiliklar