AsosiyDunyo

Parijda polisiyachilar norozilik namoyishiga chiqishdi

'Parijda polisiyachilar norozilik namoyishiga chiqishdi'ning rasmi

Minglab fransuz polisiyachilari Parijda norozilik namoyishlariga chiqishdi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Bu huquq- tartibot xodimlarining so`nggi 18 yildagi eng yirik namoyishi ekanligi aytilmoqda. Polisiya xodimlari mehnat sharoitlarining og`irligi va ularga nisbatan yomon kayfiyatdan shikoyat qilishmoqda. Shuningdek, ular hamkasblari orasida o`z joniga qasd qilish holatlari ortib borayotganidan tashvishda. Joriy yilning o`zida 52 nafar ofiser o`z umriga nuqta qo`ygan. Polisiyachilar terrochilik tahdidlari va “sariq nimchalilar” namoyishlari sabab ularga qo`yilayotgan talablar haddan tashqari ortib ketayotganidan norozi.

Shuningdek, ular polisiya xizmatchilariga nisbatan uyushtirilgan hujumlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni talab qilishmoqda. Norozilik namoyishining yana bir sababi esa Emanuel Makron tomonidan amalga oshirilayotgan pensiya islohotidir. Polisiyachilar aynan ushbu islohot sabab qator imtiyozlardan mahrum bo`lishi mumkinligini ta`kidlashmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, norozilik namoyishida 20 mingga yaqin polisiya xodimi ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar