AsosiyDunyo

Kolumbiyalik harbiylar cho`kayotgan kontrabandachilarni qo`lga olishdi (Video)

'Kolumbiyalik harbiylar cho`kayotgan kontrabandachilarni qo`lga olishdi (Video)'ning rasmi

Kolumbiyalik harbiylar Tinch okeanida muvafaqiyatsizlikka uchragan yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari kontrabandasi bilan shug`ullangan guruhni qo`lga oldi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bir tonnadan ortiq kokain giyohvandlik moddasini olib ketayotgan jinoyatchilar kemasi halokat uchrab, cho`kib ketgan. Shundan so`ng jinoyatchilar o`z hayotini saqlab qolish maqsadida kokain moddasi solingan qoplardan suzuvchi vosita sifatida foydalanishga majbur bo`lishgan. Ular shu yo`sinda bir necha soat mobaynida ochiq dengizda suzib yurishgan. Harbiylar umumiy og`irligi bir tonna-yu, ikki yuz kilogrammga teng bo`lgan giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan shug`ullangan uch nafar kolumbiyalikni qirg`oqqa olib chiqqan.


Boshqa yangiliklar