1

​Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining 60 yilligi nishonlanadi

Madaniyat 04.10.2019, 22:30
​Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining 60 yilligi nishonlanadi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati, O`zbek milliy maqom san`ati markazi - Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli tashkil etilganining 60 yilligini keng nishonlash maqsadida 2019 yil 15 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat Akademik Katta teatrida tantanali kecha o`tkazishini ma`lum qiladi.

Mazkur kechaga tashrif buyurganlar maqom ansamblining bosib o`tgan sharafli yo`li, san`atimiz fidoyilari, el e`zoziga musharraf tabarruk ustozlar hayoti va ijodi, ibratomuz mahorat maktablaridan va bugungi maqom ustalari ijrosidagi durdona asarlardan bahramand bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1