Shahzoda Garri "sariq matbuot" ga qarshi urush e`lon qilgan ko`rinadi. Sasseks gersogi unvoniga ega bo`lgan shahzoda Britaniyaning ikkita yirik gazetasi – Sun va Daily Mirror nashrlarini o`ziga tegishli bo`lgan shaxsiy yozishmalari va ovozli pochta xabarlarini noqonuniy ravishda fosh qilishda ayblamoqda.
Shahzoda ilgari bu masalada turmush o`rtog`i Megan Marplni qo`llab-quvvatlab chiqqandi. Malika ham Mail on Sunday gazetasini shaxsiy yozishmalarini noqonuniy tarzda ommaga e`lon qilganlikda ayblagan. O`shanda u otasiga yozgan xabarnomada shaxsiy hayotiga oid janjalli vaziyatlar orqali pul ishlamaslkni so`ragandi. Darhaqiqat bundan ancha payt ilgari shahzoda va uning rafiqasi Megan Marpl o`rtasidagi oilaviy janjallar matbutning asosiy mavzusiga aylangan.
“Evronyus” xabar berishicha, Shahzoda Garri matbuot xodimlarining bunday xatti-harakatlari yaxshilikka olib bormasligini aytib, 22 yil oldin uning oilasida yuz bergan fojiani yodga oldi. Eslatib o`tamiz, 1997 yil 31 avgust kuni shahzodaning onasi malika Diana jurnalistlar ta`qibidan qochayotib avtohalokatga uchragan va hodisa joyida vafot etgan edi.