Qozog`iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Birjan Nurimbetovning ta`kidlashicha, mamlakatda 2 milliondan ortiq odamga manzilli ijtimoiy yordam ko`rsatilgan - bu joriy yilning 9 oyidagi ma`lumotlar, deb yozadi NUR.kz. Uning eslatishicha, kam ta`minlangan oilauf har bir bola uchun 20 789 tenga miqdorida yordam puli belgilangan.
Shu bilan birga, 2019 yilning 9 oyi davomida 417 ming oilaga yoki 2 million 138 ming kishiga manzilli ijtimoiy yordam ko`rsatilgan, ya`ni ular kam midorda daromadga ega sanaladi.
Bundan tashqari, Qozog`istonda 1,3 milliondan ortiq bola ijtimoiy yordam puli oladi, ularning 62 foizi 4 va undan ortiq bolali oilalarda yashaydi.






