Niderlandiya hukumati mamlakatning ikkinchi nomi “Gollandiya” deb atalishidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqida “Adformatie” portaliga tayanib O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Unga ko`ra, mamlakatning Niderlandiya nomi mamlakatda tashkil etilishi rejalashtirilgan “Evrovidenie-2020”da faol tashviq qilinadi.
Shuningdek, mamlakatning futbol jamoasi va Tokiodagi “Olimpiada-2020” musobaqalarida ishtirok etuvchi sport guruhlari ham o`zlari uchun odatiy bo`lgan “Gollandiya” degan nomdan voz kechishini ma`lum qilgan.