“Mening yurtim” telekanali yangi yil bayrami kunlarida teletomoshabinlar uchun ajoyib tuhfalarni tayyorlamoqda.

Tinib-tinchimas Zaynabbegim Yunusovadan yangi loyiha – “Top-dizayner”. Endi u iste`dodli dizaynerlar, o`z kasbining mohir ustalarini sinovdan o`tkazishga ahd qilgan.

Shartlar ham oddiy, ham murakkab. Bunda har bir detal ahamiyat ega. Dasturga respublikamizning eng mohir dizaynerlari jamlanishgan. Ular orasida aktrisa Shahzoda Muhammedova ham bor.

Ko`rsatuvning bayram sonida sevimli san`atkorlarimiz Gulsanam Mamazoitova, Alisher Fayz, Lola Yo`ldosheva, Munisa Rizaeva, Jasur Umirov, “Eldido” guruhi o`z ijod na`munlarini sizga ilinish barobarida kelayotgan 2015 yilda urfga kirishi kutilayotgan ranglardan tortib, kelayotgan yilda qaysi imijda namoyon bo`lishlari haqidagi sirlarini oshkor etishadi.













