Chet el ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan ma`lumotlarga ko`ra, Gollivudning mashxur aktyori va aktrisasi Sharliz Teron va Shon Penn maxfiy ravishda turmush qurishgan.
Ma`lum bo`lishicha, ular o`tgan oyning oxirgi kunlarida kichik doiradagi to`yni o`tkazishgan. Aytish lozimki, Sharliz Teron va Shon Penn o`rtasidagi munosabatlar bir necha oylardan beri ommaviy axborot vositalari tomonidan muxokama qilib kelinmoqda.
Bunga sabab ularning kunni birga o`tkazishlari va nihoyat Sharliz Teronning qo`lida paydo bo`lgan nikoh uzigi bo`lgan. Ushbu ma`lumotning aniq yoki noaniqligi yaqin kunlarda ma`lum bo`ladi.





