1

Aviakassirning firibgarligi fosh bo`ldi

Jinoyat 09.10.2019, 11:11
Aviakassirning firibgarligi fosh bo`ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro J.T. aviakassasida kassir-dispetcher lavozimida ishlagan davrida, fuqaro K.M.ning ishonchiga kirib, unga Italiya davlatiga uchishi va O`zbekistonga qaytishi uchun aviachiptalarni rasmiylashtirib bergan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Xayot Shamsutdinov o`zining telegram kanalida ma`lumot bermoqda

Buning uchun fuqarodan 1.300 AQSh dollarini olib, so`ng uning O`zbekistonga qaytishi uchun sotgan aviachiptasini “Gabriel” elektron tizimiga topshirib, 1.300 AQSh dollaridan 8,0 mln. so`mni naqd pul shaklida echib olib, firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.

Fuqaro K.M. O`zbekistonga qaytish aviachiptasi bekor qilinganligi sababli 8,0 mln. so`mga yana aviachipta xarid qilib, qaytib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1