1

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yangi film olinadi

Madaniyat 11.10.2019, 09:36
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yangi film olinadi

O`zbekkino milliy agentligi buyurtmasi asosida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida“Yo`lbarsning tug`ilishi” nomli filmni suratga olishga kirishildi. Film rejissyori Bobur Sher o`g`li.Uning aytishicha, oktyabr oyi oxirlarida suratga olinadigan mazkur asar Z.M.Boburning tug`ilishigacha bo`lgan voqealarni qamrab oladi.
Yangi film haqida yosh rejissyor quyidagilarni gapirib berdi:
— Bobur Mirzo bobomizga qiziqishim tug`ilgan kunimdan boshlangan desam ham to`g`ri bo`lsa kerak. Chunki padari buzrukvorim menga yaxshi niyatlar ila buyuk bobomizning ismini qo`yganlar. Bolaligimdan Bobur Mirzo haqidagi asarlarni sevib o`qir edim. Kunlarning birida qo`limga Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari tushib qoldi. Mazkur kitobda “Yo`lbarsning tug`ilishi” degan ajoyib hikoya bor ekan. Shu hikoya asosida senariy yozib, “O`zbekino” milliy agentligi badiiy kengashiga havola etdim.

Ularga ma`qul kelib, kinoni suratga olish uchun mablag` ajratishdi. Bilasiz, Bobur Mirzoning tavalludiga oid ko`plab rivoyatlar bor. O`ylashimcha, bir suratga oladigan asar ham tomoshabinlarga manzur bo`ladi. Hozirda aktyorlar ansanbili deyarli shakllanib bo`lgan. Tasvirga olish ishlari yakunlanib, montaj qilingach, yurtdoshlarimiz e`tiboriga xavola etamiz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1