AsosiyShou-biznes

Kinotanqidchilar yilning eng yaxshi filmini aniqlashdi

Franko-shvesariyalik rejisser Jan-Lyuk Godarning “Xayr, nutq” dramasi Amerika kinotanqidchilar jamiyati (National Society of Film Critics) versiyasiga ko`ra 2014 yilning eng yaxshi filmi deb topildi, deya xabar berilmoqda jamiyat saytida.

84 yoshli Godarning filmi 3D ko`rinishida suratga olingan bo`lib, turmushga chiqqan ayol, yolg`iz erkak va it haqida hikoya qiladi.

Jamiyatga ko`ra, yilning eng yaxshi akteri deya “Uilyam Terner” filmida rol ijro etgan Timoti Spola e`tirof etildi. Eng yaxshi aktrisa deb esa Marion Kotiyyar topildi.

Yil rejisseri Richard Linkleyter topilgan bo`lsa, eng yaxshi ssenariy muallifi Ues Anderson bo`ldi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak va ayol rollarida Jonatan Kimbl va Patrisiya Arket g`olib deb e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar