1

Rejissyor Umid Hamdamov Ozodbek Nazarbekov qo`ygan “tashxis”ga munosabat bildirdi

Madaniyat 11.10.2019, 16:38
Rejissyor Umid Hamdamov Ozodbek Nazarbekov qo`ygan “tashxis”ga munosabat bildirdi

Nihoyat, o`zbek kinosi xorij pavilonida faqat ko`rgazmaga bormaydigan bo`ldi. Rejissyor Umid Hamdamov “Issiq non”i “OSKAR-2020” mukofotining “Eng yaxshi xorijiy film” toifasi ro`yxatiga kiritildi.

Umid HAMDAMOV, “Issiq non” filmi rejissyori: — Ko`nglimni “to`kib”, qog`oz qoralab ssenariyni yozishga sabab bo`lgan bu qahramonlar – hayotiy prototip. 2008 yil bolaligi kemtik o`sha qizcha bilan suhbatlashgandim... 

Filmda o`zbekning sharqona go`zalligi ko`rsatilgani uchun xorijlik tomoshabinlar e`tiborini tortdi. Film xorijlik kinotanqidchilar sinovidan ham o`tib bo`ldi. Biroq o`zbek tomoshabinlarini... 

Shuningdek, rejissyor nufuzli kinotaqdimotlarda o`zbek filmlarining yo`qligi boisi va o`zbek kinosidagi qator og`riqli muammolarga to`xtaldi. 

— O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “artistlarimizga 500 so`m pul berib, 5000 so`mlik mahsulotni talab qilar ekanmiz”, degan ma`nodagi gapini eshitib qoldim. Bu u kishi tomonidan qo`yilgan aniq tashxis! Ochig`i, bunday munosabat ijodkorni xo`rlashdan boshqa narsa emas, - deydi rejissyor suhbat davomida.

Rejissyor bilan bo`lgan to`liq suhbatni 17-oktyabrda sotuvga chiqadigan “Darakchi” gazetasining 41-sonida o`qishingiz mumkin!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1