1

Pand bergan "tanish-bilishchilik" (Hajviya)

Mutolaa 11.10.2019, 17:35
Teglar: hajviya, tanish-bilish, taksi
Pand bergan "tanish-bilishchilik" (Hajviya)

Taksilar turadigan bekatga kelib, kirakashlarning biridan so`radim:

- Lolazorga bormoqchi edim?

-  Qancha berasiz?

- O`n ming!

- O`n ikki ming bera qoling?

Mashinaga o`tirdim. Kirakash o`z-o`zidan gap boshladi:

- Bu soliqchi va lisenziyachilarning dastidan emin-erkin yura olmaydigan bo`lib qoldik. Qachon qarasang yo`l patrul xodimlari bilan tayog`ini o`ynatib lip etib oldimdan chiqqani-chiqqan.

- Nima ruxsatnomangiz yo`qmi?

- Yo`q, lisenziya olsangiz har kuni to`lov to`lab yo`llanma olish kerak. – Benzinning narxi... Mashina ijara haqqini aytmaysizmi? Bu ham otning kallasiday.

- Axir ko`pchilik qonuniy ishlayapti-ku. Siz ham shunday qilsangiz bo`lmaydimi?

- O`zimizga ko`proq qolsin, deymiz-da. Ana bu erda ham turibdilar, to`xtatmasalar bo`ldi-yov. Bular ichki yo`llarda ham poylaydigan odat chiqarishgan.

Yo`l patrul xodimi to`xtash ishorasini qildi. Kirakash ular turgan joydan ancha o`tib to`xtagach, menga dedi:

Mening ismim Hasanboy, sizniki-chi?

Meniki Karimboy, – dedim.

- Ismingiz hozircha Husan bo`laqolsin. Ularga ukam Husan desam ishonarli bo`ladi.

Ular hujjatlarni ko`rib bo`lgach, mendan so`rashdi:

Qaerga borayapsiz?

“Lolazor”ga

Necha so`mga kelishdingiz?

Darrov kirakash dedi:

- “Bu ukam Husan bo`ladi. Ikkalamiz ham bir hovlida yashaymiz. Kelib-kelib ukamdan pul olamanmi?”

Soliqchi dedi:

- Sizlar boshqa sayyorani Hasan-Husanlarimisizlar? Ko`p Hasan-Husanlarni ko`rganmiz, ular bir-birlariga quyib qo`ygandek o`xshaydi. Sizlar bir-birlaringizga umuman o`xshamaysizlar-ku.

- Bizlar o`xshamaydigan aka-ukalarmiz, – dedi kirakash. Kulgi ko`tarildi. Hujjatlarni qaytarib berishdi. 

Yo`lda davom etarkanmiz, kirakash:

–Juda bopladik-da, rahmat sizga, bir balodan qutqardingiz!

Manzilga ham etib kelganimizni bilmay qolibmiz. Rahmat aytib mashinadan tushmoqchi bo`ldim. 

–Pulni bermaysizmi? – dedi. 

–Qanaqa pul? Siz akam Husan bo`lsangiz, men ukangiz Husan bo`lsam. Ikkalamiz bir hovlida yashasak, aka ukadan pul oladimi?”

–Hazilni yoqtirmayman, pulni  cho`zing, – dedi kirakash. 

Men o`n ikki ming so`mni berib, dedim:

–Hiylangiz ish bermadi. Mashinani orqaga qaytaring!

–Qaerga?

–Tegishli joyga.

–Kimsiz o`zi?

–Men nazorat qiluvchi organ xodimi Tahlilboevman.

–A... Axir bizlar “Hasan-Husan”... 

NAYZABEK

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1