Xitoyning janubiy-sharqida joylashgan Yunnan porvinsiyasida 3 yanvar kuni bundan 600 yildan oldinroq barpo etilgan minora yonib ketdi. Xitoy televideniesining xabar berishicha, daraxtdan yasalgan minoraning tepa qismi tamoman yo`q bo`lgan.
Yong`in natijasida hech kim jabr ko`rmagan. Voqea sababi o`rganilmoqda.
Min imperiyasi (1368-1677) tomonidan qurilgan minoraning balandligi 47 metr bo`lgan. Yong`indan so`ng undan faqatgina g`ishtdan yasalgan sakkiz metrlik asos qolgan xolos, deya aniqlik kiritmoqda TASS.