1

Bugun Toshkentda VII Evropa kinosi festivali boshlandi

Madaniyat 11.10.2019, 20:57
Bugun Toshkentda VII Evropa kinosi festivali boshlandi

Festivalning ochilish marosimi va ilk kinotaqdimot EOAVMAning “Media-xoll” binosida o`tkazildi. Tadbirning ochilishida Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi hamda "O`zbekkino" milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov so`zga chiqdi va barchani qutlab, nutq so`zladi:

–Assalomu alaykum muhtaram elchi janoblari! 

Hurmatli xonimlar va janoblar, qadrdi hamkasblar va mehmonlar!

Avvalambor, barchangizni bugungi anjuman bilan, qolaversa kino bayrami bilan tabriklashga ijozat bergaysiz! 

Bir oy davoimida poytaxtimizda,  shuningdek Nukus, Urganch va Jizzax shaharlarida kino muxlislari uchun  Evropa kinosining eng sara namunalari namoyish qilinadi.  Qayd etish joizki, bunday yirik madaniy tadbirlar keyingi paytlarda O`zbekistonda juda ko`p bora o`tkazilmoqda. Chunki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari  bilan O`zbekiston bugun butun  dunyoga o`z eshiklarini ochdi. Jahon bugun O`zbekistonni qayta kashf etmoqda. Qolaversa,  hamyurtlarimiz ham  dunyoni  chuqur anglab bormoqda.  O`ylaymanki, bugun boshlanayotgan kino anjumani jahon madaniyatini  xalqimizga yaqindan tanishtirish yo`lidagi yana bir qadam bo`ladi. 

Shuni ta`kidlashni istardimki, keyingi bir oy ichida biz Evropaning  bir qator davlatlari bo`ylab safarlarda bo`ldik. Ushbu tashriflar doirasida Bi-Bi-Siningjahon xizmati, Fransiyaning etakchi hujjatli kino ustalari,  Daniyaning “Nordek filmz”  kino kompaniyasi  bilan hamkorlik qilish bo`yicha kelishib oldik. 

Shu bilan birga bu hamkorlikni bundan keyin ham davom ettirish niyatidamiz. Kelgusida  nafaqat O`zbekistonda Evropa kinosi kunlarini o`tkazish, balki Evropa mamlakatlarida  ham o`zbek kinosini tanitish bo`yicha ham alohida ishlarni olib borishimiz zarur. 

Chunki o`zbek kinosi orqali evropalik tomoshabinlarVatanimiz  tarixi,  xalqimiz turmush tarzi,  boy madaniy merosimiz, qolaversa bugungi, yangi O`zbekiston   bilan yanada chuqurroq tanishish imkoniga ega bo`ladilar. Bu esa nafaqat do`stona  aloqalarni mustaxkamlash,   balki turizm salohiyatini rivojlantirishga  ham katta hissa bo`lib qo`shiladi. 

Men ushbu fursatdan foydalanib, mazkur kino oyligini tashkil etishga yaqindan yordam bergan  barcha hamkorlarga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 

E`tiboringiz uchun katta rahmat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1