AsosiyShou-biznes

Ruhshonaning muxlislariga atagan sovg`alari bisyor ekan

O`tgan 2014 yil shou biznes vakillari orasida o`z muxabbatini topgan va oila rishtalarini bog`lab, baxt qasriga qadam qo`ygan xonandalar ko`p bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Shov-shuvli tuy-tantanalar esa bunga yaqqol misol bo`la oladi. 

Estradamizda oz fursat ichida o`z iste`dodini namoyon etib, muhlislari qalbini zabt etgan Ruhshona ham oppok kelinlik libosida baxt qasri malikasiga aylandi. Kinofilmlarda ijro etgan rollari, taniqli san`atkorlarga suratga olgan videokliplari bilan tanish bo`lgan Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan xonanda, endilikda san`at bilan birga oila ma`suliyatini birdek olib borishni zimmasiga oldi. 

Biroz fursat tanaffus qilgan Ruxshona endilikda ijod qilmas emish, degan gap-so`zlar paydo bo`lganini inobatga olib, u bilan bog`landik. Ijodkorning aytishicha, bunday mish-mishlarga hech qanday asos yo`q va oldinda uning muxlislariga atalgan sovg`alari bisyor ekan. Yangi yaratilayotgan ijod namunalaridan biri ''Shekilli'' taronasi yaqin kunlarda tayyor bo`ladi. 

Aytgancha, yangi taronaning matn va musiqa muallifi iste`dodli ijodkor Eldor Qayumov bo`lib, mazkur qo`shiq uchun Sanjar Matkarimov boshchiligida videoklip suratga olinishi rejalashtirilgan.

popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar