“O`zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi badiiy kengashning navbatdagi majlisida agentlik buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan “Novda” badiiy filmining ko`rigi va muhokamasi bo`lib o`tdi, deb yozmoqda uz24.uz.
Badiiy kengash a`zolari film professional darajada tasvirga olinganini qayd etib, rejissura, operatorlik ishi va unga bastalangan musiqaga yaxshi baho berdi hamda unda rol o`ynagan barcha yoshdagi aktyorlarning ijro mahoratini e`tirof etdi. Ushbu filmning ayrim epizodlarini yanada boyitish maqsadida o`zgartirishlar kiritish tavsiya etildi.
O`ziga xos yumor bilan yo`g`rilgan filmda bir oila misolida turli avlodga mansub kishilarning taqdiri, o`zaro munosabatlari haqida hikoya qilinadi.
Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Zulfiqor Musoqov. Tasvirchi Azizbek Orziqulov.
“Novda” badiiy filmi bolalar qishki ta`tili paytida katta ekranga chiqishi kutilmoqda, deb xabar qiladi “O`zbekkino” MAK axborot xizmati.