Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan kecha –11 oktyabr Semizlikka qarshi xalqaro kurashish kuni sifatida nishonlandi.
JSST prognozlariga ko`ra 2030 yilga kelib, sayyoramiz aholisining 41 % ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Semirish bu yog` to`qimasi tufayli vaznning ko`payishi ortidan moddalar almashinuvi jarayonida jiddiy muammolar yuzaga kelishi bilan sodir bo`ladi. Semirish qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertoniya va yana boshqa ko`plab kasalliklarni keltirib chiqarishi isbotlangan. Semizli va u keltirib chiqaruvchi kasalliklar inson umrini 3 yildan 15 yilgacha qisqartirishi mumkin.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, kuzatilayotgan uchta o`lim holatidan deyarli ikkitasi bevosita semizlik va yog` almashinuvi bilan bog`liq kasalliklar ortidan kelib chiqmoqda. Aksariyat rivojlangan Evropa mamlakatlarida yoshi katta aholining 15 foizdan 25 foizgacha bo`lgan qismida semizlik kuzatiladi. Hozirda dunyo bo`ylab bolalar va o`smirlar o`rtasida ham semirish chastotasi ko`paymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda o`smirlarning 25 foizi ortiqcha vaznga ega, 15 foizi esa semirib ketgan.






