AQShning Kaliforniya shtatida hayvonlar terisidan tayyorlangan mo`ynali mahsulotlar sotilishi taqiqlandi. 2023 yildan boshlab shtat hududida mo`ynali mahsulotlar ishlab chiqarilmaydi va sotilmaydi.
Kaliforniya hayvonlar yungidan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga taqiq qo`ygan AQShdagi dastlabki shtat bo`ldi.
Bu taqiq 2003 yildan kuchga kiradi
2023 yildan boshlab Kaliforniyada mo`ynadan tikilgan kiyim-kechak, poyabzal va sumkalar ishlab chiqarilmaydi hamda sotilmaydi.
Shtat gubernatori Gevin Nyusom mushuklar, itlar va otlardan tashqari boshqa ko`plab hayvonlarning sirk tomoshalarida ishtirok etishini taqiqlash haqidagi qonunni imzolagan. Ammo, kovboylar bellashuvi bundan mustasno.
“Kaliforniya hayvonlarga ijtimoiy yordam ko`rsatishda etakchi hisoblanadi va bugun rahbariyat ana shunday ko`maklardan yana biri–hayvonlar mo`ynasini sotishni taqiqlashni ham joriy qildi”, degan Nyusom o`z bayonotida.
Qonunni buzganlar jarimaga tortiladi
Taqiq mol juni, qo`y, kiyik va echki terisiga taalluqli emas. Qonunni buzganlar 500 AQSh dollari yoki takroriy holatlarda 1000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
“Biz Nyusom hukumati va shtat qonun chiqaruvchilari Kaliforniya fuqarolari o`z shtat bozorlarida mo`ynali mahsulotlar sotilishini istmasligini e`tiborga olganini olqishlaymi”, deydi AQShning gumanitar jamiyati.
Norozilar ham bor
Ammo bu qaror jun mahsulotlari kengashi vakili Keyt Kaplan tomonidan tanqid qilindi. Aytishicha, bu mo`ynadan foydalanib kiyadigan narsalarga taqiq qo`yish uchun birinchi qadam bo`lgan radikal vegan dasturi.
O`tgan yil may oyida Prada modalar uyi 2020 yil bahor-yoz mavsumida mo`ynadan foydalanishni to`xtatishini e`lon qildi.