AsosiyMadaniyat

Tez orada butun dunyo s`yomkalar uchun O`zbekistondagi noyob lokasiyalardan xabardor bo`ladi

'Tez orada butun dunyo s`yomkalar uchun O`zbekistondagi noyob lokasiyalardan xabardor bo`ladi'ning rasmi

Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri hisoblangan "Panorama Studios" O`zbekistonda "Khuda Haafiz" nomli romantik jangari filmi s`yomkalarini boshladi

Film rejissyori sifatida Faruk Kabir ishtirok etmoqda. "Khuda Haafiz" filmi s`yomkalarida qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi va AQSh, Rossiya hamda qator Evropa mamlakatlaridan 30 kishi O`zbekistonga keldi. Shu bilan birga, ijodiy jarayonda O`zbekistondan ham 1000 dan ziyod kishi – aktyorlar, texnik personal jalb qilinmoqda. O`zbekistondagi s`yomkalar byudjeti 1 million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film nafaqat Toshkent shahri, balki Xivada ham suratga olinadi. Shundan so`ng ijodiy guruh o`z ishini Hindistonda davom ettiradi.

“O`zbekistonda film suratga olayotganimizdan juda xursandmiz. Bu biz uchun nafaqat bu erda ishlash, balki mamlakatingiz bilan yaqindan tanishish uchun yaxshi imkoniyatdir. Mamlakatingiz rahbariyati bugungi kunda kinoturizm sohasiga katta e`tibor qaratmoqda. Tez orada butun dunyo s`yomkalar uchun noyob lokasiyalardan xabardor bo`ladi, zero 2020 yildan boshlab O`zbekistonda "rebate" tizimi yo`lga qo`yilmoqda. Ishonchim komilki, bundan keyin O`zbekistonda xorijiy mamlakatlar, ayniqsa Hindiston kinokompaniyalari oqimi kuzatiladi”, - dedi film prodyuseri Satish Sharma. 

Shuningdek, u Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekkino” milliy agentligi va O`zbekiston milliy kinokomissiyasiga yurtimizda film s`yomkalarini tashkillashtirishda ko`rsatilayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi hamda kelgusida bu erda yana bir necha yirik loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotganini qo`shimcha qildi. 

    Boshqa yangiliklar